Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mbappe Zidandan norozi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ziddiyat davom etmoqda

Madridning «Real» klubi hujumchisi va Frantsiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Liga millatlari musobaqasining beshinchi turida Italiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. 

L’Équipe ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe Klerfontenda o‘tkazilgan umumiy mashg‘ulotda ishtirok etmadi va tibbiy tekshiruv hamda muolajalar bilan cheklandi. Manba yozishicha, Mbappe bilan Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘rtasidagi munosabatlar hanuz keskinligicha qolmoqda. 

Sentyabr oyidagi yig‘in chog‘ida hujumchi o‘zini chap qanotga o‘tkazilganidan norozi bo‘lgan, markaziy hujumchi sifatida esa Usmon Dembele maydonga tushgan edi. Noyabr oyidagi uchrashuvlar oldidan Zidan Mbappeni yana markazdagi hujumchi pozitsiyasiga qaytarish niyati borligini ma’lum qilgan edi.

Frantsiya hozircha guruhda yetakchilik qilmoqda — jamoa hisobida o‘n ochko bor va u Italiyadan uch ballga oldinda bormoqda. Terma jamoalar 13 noyabr kuni Milandagi «San-Siro» stadionida to‘qnash keladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanishi belgilangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q