Mbappe Zidandan o‘zib ketdi

  • 24.09.2025 12:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining oltinchi turida “Real” futbolchilari safarda “Levante” mehmoni bo‘lib, raqib ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

Ushba bahsda madridliklar to‘purari Kilian Mbappe dublga erishdi. Bu 26 yoshli hujumchi uchun La Ligadagi 38-gol bo‘ldi.

Mbappe “Qirollik klubi” uchun milliy chempionatda gol urgan o‘yinchilar reytingida Zinedin Zidan, Isko va Marko Asensiodan o‘zib ketdi.

Frantsiyalik hujumchiga bu natijani qayd etish uchun La Ligada 40 uchrashuv kifoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe o‘tgan yili yozda PSJ bilan shartnomasi tugaganidan keyin “Real”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan va klub bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!