
Mbappega yangi da’vogar chiqdi. Maqsad – jiddiy!
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda imkon qadar tezroq PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni olib kelishni talab qildi.
Defensa Central nashrining xabar berishicha, germaniyalik murabbiy mutasaddilardan Mbappeni qishki transferlar vaqtida Liverpulga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Klopp jamoa ishtirok etayotgan turnirlarda muvaffaqiyat qozonish uchun tarkibni kuchaytirish kerak, deb hisoblamoqda.
23 yoshli Kilian Mbappe professional futbolchilik faoliyatini 2015 yili “Monako” safida boshlagan. 2018 yildan beri PSJ sharafini himoya qilmoqda. Parijliklar safida 237 ta uchrashuvda maydonga tushib, 190 ta gol va 93 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar