Mbappeni AQShda olib qolishmoqchi

  • 23.06.2026 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya milliy terma jamoasi va Madriddning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe MLSga o‘tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

- Kelejakda murabbiy bo‘lish haqida o‘ylamayman. Men shunchaki futbolni yaxshi ko‘raman, uning eng mayda jihatlarini o‘rganish va yangi narsalarni o‘zlashtirish menga yoqadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida madaniyat biznikidan farq qiladi. Menga doim orzular va intilishlar chegara bilmaydigan madaniyat yoqqan.

Faoliyatim yakunlanguncha bu yerga kelamanmi? Balki. Bilmayman. Devid Bekxem bu haqida men bilan gaplashib turadi, - dedi Mbappe.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem MLSda ishtirok etuvchi «Inter Mayami» klubining muassislaridan biri hisoblanadi.

O‘tgan mavsumda Mbappe «Real» safida barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda ishtirok etib, 42 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!