Mbappening ahvoli yaxshi emas
“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso tizzasidan jarohat olib, safdan chiqqan jamoa yetakchi hujumchisi Kilian Mbappening sog‘ligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Biz oldindan belgilangan reja asosida harakat qilamiz. Ko‘p narsa futbolchining jismoniy holatiga bog‘liq va bizning vazifamiz – uning eng maqbul muddatlarda maydonga qaytishi uchun bor imkoniyatni ishga solish. Bu aniq qachon sodir bo‘lishini aytish qiyin. Hozir menda aniq javob yo‘q.
Kelasi o‘yin oldidan o‘tadigan matbuot anjumanida yanada aniq ma’lumot berolaman. Har bir uchrashuvdan keyin futbolchining holatini qayta baholaymiz, uning his-tuyg‘ularini inobatga olamiz va shundan so‘ng tegishli qarorlarni qabul qilamiz.
Tiklanish jarayonini diqqat bilan kuzatish juda muhim, va biz imkoniy boricha Mbappening tezroq qaytishi uchun barcha kuchimizni safarbar qilamiz, - dedi Alonso.
27 yoshlm fransiyalik to‘purar joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 29 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatgan.
Fikrlar