
Mbappening dubli PSJni Frantsiya kubogining chorak finaliga olib chiqdi
Hozirgina Frantsiya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJ hamda “Lill” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Parijdagi bellashuv 3:0 hisobida maydon egalarining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni PSJ safida gollarni Mauro Ikardi (9') va Kilian Mbappe (41', 90') kiritdi.
Shu tariqa PSJ mamlakat kubogining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar