
Men “Real”dan ketaman!
“Real”ning 34 yoshli markaziy himoyachisi Nacho Fernandes klub rahbariyatini jamoadan ketishi haqida ogohlantirdi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, tajribali futbolchi yozda madridliklar bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin klubni tark etishga qaror qilgan.
Nacho “Qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy tarkibga 2012 yili qabul qilingan himoyachi butun faoliyatini “Real” safida o‘tkazdi. U hozirga qadar barcha turnirlarda 355 marotaba maydonga tushib, 16 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.
Nacho Fernandes himoyaning markazi va har ikki qanotida ham muvaffaqiyatli o‘ynay oladi.
34 yoshli futbolchi “Real” safida jami 24 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Evropaning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasida besh marta bosh sovrin sohibi bo‘lgan.
Fikrlar