Men “Real”ga qaytaman!

  • 28.03.2026 16:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning PSJ klubi himoyachisi Ashraf Hakimi o‘zi tarbiyalangan klub Madriddning “Real” jamoasiga qaytishni maqsad qilgan.

Bu haqida jurnalist Ramon Alvares de Mon X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli o‘ng qanot himoyachisi o‘z yaqinlariga Madrid klubi bilan shartnoma imzolash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini aytgan.

Hakimi bolaligidan “Real Madrid” muxlisi bo‘lib, amaldagi uzoq muddatli shartnomasiga qaramay, o‘zining qadrdon klubiga qaytishni istaydi.

U 2015–2018 yillarda Madrid klubi tizimida bo‘lgan.

Himoyachining o‘tishni istashiga yana bir sabab bor. Uning yaqin do‘sti Kilian Mbappe, u bir necha bor himoyachi bilan yana birga o‘ynashni xohlashini bildirgan.

Shu bilan birga, PSJ Hakimini sotishni rejalashtirmayapti, ammo agar o‘yinchi ketishni talab qilsa, klub uning transferini ko‘rib chiqishi mumkin.

Hakimi 2021 yilda Milaning “Inter” klubidan 68 million yevroga o‘tib, PSJ bilan shartnoma imzolagan.

Joriy mavsumda u parijliklar safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi, Transfermarkt bahosiga ko‘ra bozor qiymati 80 million yevro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!