Mendes o‘zi tayyorlagan eng iqtidorli jangchi kimligini ma’lum qildi. Bu Habib yoki Maxachev emas

  • 02.04.2024 12:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Mashhur murabbiy Xaver Mendec o‘zi tarbiyalagan eng iqtidorli jangchi haqidasщz yuritdi. Mendecning so‘zlariga ko‘ra, bu Bellator promoushenida faoliyat yuritayotgan Usmon Nurmagomedov. 

 “Bu Usmon Nurmagomedov.  Hammasi oddiy. Afsuski, u hammaning og‘zida emas, chunki u UFC da qatnashmaydi.  Ammo Usmon e’tirofga loyiq.  O‘ylaymanki, PFL va Bellator uni qo‘yib yuborishni istamaydi. Agar, shunday bo‘lsa ham, bu ularning eng ahmoqona qarori bo‘ladi”, – dedi Mendes MMA Mania You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Xaver engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachevni, avvalroq esa Habib Nurmagomedovni tarbiyalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!