Merab Dvalishvilining hukmronligi davom etadi, Aleks Perreyra chempionlik kamarini qaytarib oldi!
Hozirgina "UFC 320" turniri o‘z nihoyasiga etdi.
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Magomed Ankalaev braziliyalik Aleks Perreyra bilan revansh o‘tkazdi.
Quyida barcha natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Prelim:
Veronika Xardi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (30-27, 30-27, 30-27) Brogan Uolkerni mag‘lub etdi;
Ramiz Braximay 1-raundda Ostin Vanderfordni sabmishn orqali engdi;
Farid Basharat hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (29-28, 29-28, 29-28) Kris Guterres ustidan halaba qozondi;
Yan Santos ochkolar bo‘yicha (29-28, 29-28, 29-28) Meysi Chiassonni taslim etdi;
Puna Soriano hakamlar qaroriga ko‘ra (30-27, 30-27, 30-27) Nikolay Veretennikovdan ustun keldi;
Edmen Shaxbazyan 1-raundning so‘nggi soniyalirida Andre Munizni nokautga uchratdi;
Yakob Viklaj ochkolar hisobida Patchi Miksni engdi;
Daniel Santos 2-raundda Yu San Yuni nokautga uchratdi;
Ateba Gote 1-raunddayoq Treston Vaynsni finish qildi;
Asosiy kard:
Jo Payfer 2-raundda Abusupyan Magomedov ustidan sabmishn evaziga g‘alaba qozondi;
Yussef Zalal 1-raundda Josh Emmettni sabmishn orqali talsim etdi;
Irji Proxazka 3-raundda Xalil Rauntrini nokaut qildi;
Merab Dvalishvili hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (49-45, 49-45, 49-46) Kori Sendxagenni mag‘lub etib, chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi;
Aleks Perreyra 1-raunddayoq Magomed Ankalaevni nokautga uchratib, yarim og‘ir vazndagi UFC kamarini qaytarib oldi.
Fikrlar