Merab Dvalishvilining murabbiyi: "Shogirdim dekabrda yana jang qiladi"

  • 04.10.2025 01:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC jangchisi Merab Dvalishvilining murabbiyi Jon Vud shogirdining rejalari haqida gapirdi.

"Merab Korini engganidan keyin yana bitta jang xohlab qoladi. 100% ishonaman – Dvalishvili dekabrda yana oktagonga chiqadi. Albatta, jarohat rejalarga ta’sir qilishi mumkin. Biroq u sog‘lom bo‘lsa, dekabrda jang qiladi. Gruzin bunga ruhan tayyor", – dedi Vud.

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili (20-4) va Sendxagen (18-5) to‘qnashuvi 5 oktyabr kuni "UFC 320" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!