Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Messi 11 oʻyinda Ronalduni 121 uchrashuvda eplay olmagan ishni uddaladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu masalada Leo eng zo‘ri

«Inter Mayami» Kubok Kampeones doirasidagi bahsda Meksikaning «Krus Asul» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 

Ushbu uchrashuvda 39 yoshli hujumchi Lionel Messi bir gol urdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi. Uning aniq pasini sobiq «Real» yarimhimoyachisi Kazemiro golga aylantirdi.

The Touchline sahifasi ma’lumotiga ko‘ra, bu Messining Kazemiroga «Inter Mayami» safidagi 11 o‘yinda bergan uchinchi golli uzatmasi. 

Shu tariqa Lionel braziliyalik yarimhimoyachiga Krishtianu Ronalduga qaraganda ko‘proq assist berdi. Ronaldo Kazemiro bilan birga maydonga tushgan 121 o‘yinda unga bor-yo‘g‘i ikki marta golli pas uzatgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldo va Kazemiro bir vaqtlari Madriddning «Real» klubi hamda «Manchester Yunayted» safida birga harakat qilishgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q