Messi amalga oshirilmagan penalti haqida fikr bildirdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Avstriyaga qarshi uchrashuvda amalga oshirilmagan penalti haqida fikr bildirdi.
"Penaltidan keyin juda jahlim chiqdi. Chunki uni golga aylantira olmadi va juda yomon zarba berdim", — dedi Lionel Messi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Messi penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi, ammo to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Shunga qaramay, argentinalik yulduz 38-daqiqada va ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 5-daqiqasida gol urib, dubly qayd etdi.
Natijada Argentina 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi.

Fikrlar