Messi argentinalik eng qimmat futbolchilar ro‘yxatiga kirmadi (Top-10)
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) argentinalik eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi kuchli o‘ntalikdan joy olmadi.
CIES versiyasiga ko‘ra, eng qimmat argentinalik futbolchilar top-10 taligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Xulian Al’vares ("Atletiko" Madrid) — 118,8 million yevro
Lautaro Martines ("Inter") — 101,8 million yevro
Enzo Fernandez ("Chelsi") — 101,6 million yevro
Franko Mastantuono ("Real" Madrid) — 91,3 million yevro
Aleksandro Garnacho ("Chelsi") — 90,6 million yevro
Juliano Simeone ("Atletiko" Madrid) — 89,4 million yevro
Aleksis Mak Allister ("Liverpul") — 60,8 million yevro
Niko Pas ("Komo") — 48,6 million yevro
Xoakin Panichelli ("Strasbur") — 43,0 million yevro
Kristian Romero ("Tottenxem") — 38,8 million yevro
Ma’lumot uchun, reyting futbolchilarning bozor qiymati asosida tuzilgan. Messining ayni paytdagi transfer narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar