Messi "Barselona" libosida "Kamp Nou"da maydonga tushadi

  • 12 iyul, 16:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami"sardori Lionel Messi sobiq klubi "Barselona" libosida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda Catalunya Ràdio xabar bermoqda

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Barselona" allaqachon Messidan ushbu tadbirni tashkil etish bo‘yicha oldindan rozilik olgan. Qayd etilishicha, o‘yin 2026/27 yilgi mavsumda o‘tkaziladi, o‘shanda "ko‘k-anorranglilar" "Kamp Nou" rekonstruktsiyasini to‘liq yakunlaydi.

Messi 2021 yilda "Barselona"ni tark etgan edi. Bunga sabab, klub moliyaviy muammolar tufayli uning yangi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi.

Argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safida 778 ta o‘yinda 672 ta gol va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!