Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi Evropaga qaytadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu rejada bor...

Jahon futbolida sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lgan kiritgan yagona futbolchi – Lionel Messi “Inter Mayami” bilan o‘zaro hamkorlikni uzaytirish borasida kelishib oldi.

Argentinalik yulduzning amaldagi shartnomasi 2026 yilning oxiriga qadar, ya’ni bir yilga uzaytirildi.

Marca nashrining yozishicha, 37 yoshli hujumchi Evropaga qaytish imkoniyatini saqlab qolgan. Shartnomaga 2025 yilning oxirida MLS o‘yinlari to‘xtatilgan paytda Evropaga yo‘l olishi mumkinligi alohida band qilib kiritiladi.

Lionel Messi faoliyati davomida klublar miqyosida “Barselona”, PSJ va “Inter Mayami” safida jami 914 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 744 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 357 ta golli pas uzatgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q