Messi finaldan keyin nega Argentinga qaytmadi?
Argentina terma jamoasi futbolchilari Lionel Messi va Rodrigo De Paul jahon chempionati finalidan keyin jamoa bilan birga Argentinalga uchib ketmadi. Bu haqida OneFootball xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, buning sababi sifatida har ikki futbolchining “Inter Mayami” klubida o‘ynashi va AQShda muntazam yashashi ekani aytildi. Shu bois ular ta'tilni klublari joylashgan mamlakatda boshlaydi.
Shuningdek, Argentina terma jamoasining faqat bir qismi charter reysi bilan Buenos-Ayresga qaytishi ta'kidlangan. Manbaga ko‘ra, poytaxtda jahon chempionatining kumush medal sohiblarini ommaviy kutib olish yoki tantanali taqdirlash rejalashtirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, finalda Argentina qo‘shimcha vaqtda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu Ispaniya tarixidagi ikkinchi jahon chempionligi bo‘ldi.

Fikrlar