Messi Finalissimada ishtirok etmasligini aytdi
Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi 2026 yilgi Finalissimada o‘ynash-o‘ynamasligi haqida javob berdi. Avvalroq OAVda Argentina terma jamoasi 2026 yilning 27 mart kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Finalissima - Evro (Ispaniya terma jamoasi) va Kopa Amerika (Argentina terma jamoasi) g‘oliblari o‘rtasidagi bir o‘yindan iborat turnir.
- Yo‘q, rostini aytsam, yo‘q. Hatto o‘tkazilishi ham tasdiqlanmagan. Ular hatto Finalissimani o‘tkaziladimi yo‘qmi bilmaydilar. Ammo, rostini aytsam, mavsum o‘rtasida mavsumoldi tayyorgarlikning bo‘lishi men uchun barchasini o‘zgartiradi.
Bu yangi mavsumni noldan boshlashga o‘xshaydi va mavsum o‘rtasida mavsumoldi tayyorgarlik menga katta yordam beradi. Evropada to‘p surayotgan futbolchilar har doimgidek, mavsumning finaliga elkalarida bir talay o‘yinlar bilan kelishmoqda. Qatardagi jahon chempionati istisno bo‘ldi, chunki u mavsum o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ko‘pchilik kamroq charchagani uchun o‘zini yaxshi his qildi. O‘ylaymanki, men bilan ham shunday bo‘ladi, - deya Messining so‘zlarini keltirdi ESPN.
Fikrlar