
Messi: Haqiqat shuki...
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Parij mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish masalasida fikr bildirdi.
- Men Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano bilan gaplashdim. Haqiqat shuki, ikkimiz vaziyatni darrov tushundik.
Olimpiya o‘yinlarida qatnashishim qiyin, chunki Amerika kubogi boshlanmoqda va men ikki-uch oy davomida “Inter Mayami”da bo‘la olmayman.
Eng muhimi esa, mening yoshimda qachon o‘ynashni aniq tanlash lozim, ketma-ket ikkita turnirda to‘p tepish ancha og‘irlik qiladi, - dedi Lionel Messi.
36 yoshli futbolchi 2008 yili Pekinda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi hisoblanadi.
Messi faoliyati davomida 904 ta uchrashuvda ishtirok etib, 735 ta gol va 355 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar