Messi Ispaniya Superkubogi to‘purari, "Real" futbolchisi ikkinchi pog‘onani band etdi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Superkubogi "Atletiko"ga qarshi yarim final o‘yinida raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Bu argentinalik forvardning ushbu turnirdagi 14-goli bo‘ldi. Shu tariqa Messi mamlakat Superkubogining eng yaxshi to‘purari unvonini yanada mustahkamlab oldi.
Ikkinchi o‘rinni ettita gol bilan "Real" sobiq forvardi Raul band etgan. Kataloniyaliklar sobiq futbolchilari Chiki Begiristayn va Xristo Stoichkov oltita gol bilan uchinchi o‘rinni bo‘lishib olishgan.
Fikrlar