
Messi ketmoqda: Bo‘ldi, bu oxirgisi!
Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messi “Kopa Amerika-2024” uning faoliyatida oxirgi qit’a chempionati bo‘lishini ta’kidladi.
- Haqiqat shuki, bu galgi Amerika kubogi biz uchun juda murakkab bo‘ldi. Chunki barcha jamoalarning o‘yini avvalgiga qaraganda tenglashib, deyarli bir xil darajaga chiqqan. Bu erdagi maydonlarning holati yomon, harorat juda baland.
Bu men uchun oxirgi Amerika kubogi. Nikolas Otamendi va Anxel di Mariya bilan birga so‘nggi jahon chempionatida ham o‘ynab bo‘lganmiz. Hozir terma jamoadagi so‘nggi o‘yinlarimizni o‘tkazayotganimiz uchun borimizni beryapmiz, - dedi Lionel Messi.
37 yoshli futbolchi xalqaro miqyosida Argentina terma jamoasi uchun 186 ta uchrashuvda 109 ta gol urgan. Terma jamoada ko‘p gol urish bo‘yicha Messi o‘z hisobiga 130 ta gol yozdirib qo‘ygan Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
Fikrlar