Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Messi qanday natija qayd etganini bilasizmi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu hammaning ham qo‘lidan kelmaydi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi uchun 2026 yildgi jahon chempionati 1/8 finalidagi o‘yin karyerasidagi navbatdagi tarixiy bellashuvga aylandi. Uning jamoasi Misr termasiga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, irodali tarzda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bu uchrashuv Messining jahon chempionatlari tarixidagi 31-o‘yini bo‘ldi.

Misrga qarshi bahsda Messi bir gol urdi va bir golli pas berdi. Shu tariqa uning jahon chempionatlaridagi umumiy samarali harakatlari soni 30 taga yetdi: 21 ta gol va 9 ta golli uzatma.

Qiziqi shundaki, ushbu gol Messi uchun jahon chempionatlaridagi shaxsiy rekordini yangiladi. Misr darvozasiga yo‘l olgan to‘p argentinalik yulduzning joriy musobaqadagi sakkizinchi goli bo‘ldi. Ilgarigi shaxsiy rekordi 2022 yil Qatarda o‘tgan jahon chempionatida urilgan yetti gol edi.

Hozirgi paytga qadar Messi 2026 yildgi mundial doirasida har bir o‘yinda gol urmoqda. U Misr, Kabo-Verde va Iordaniya darvozalariga bitta dan gol kiritdi, Avstriyaga qarshi o‘yinda dubly qayd etdi, Aljirga qarshi uchrashuvda esa xet-trik muallifi bo‘ldi. Shu natijalar tufayli u musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Chempionatning  1/4 finalida Argentina terma jamoasi Shveytsariya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q