Messi, Ronalduga yetishingga hali ancha bor!
Lekin o‘tib ketish imkoniy ham yo‘q emas
«Inter Mayami» yetakchisi Lionel Messi yana bir bor tarixga iz qoldirdi.
39 yoshli argentinalik hujumchi MLSning navbatdagi uchrashuvida «Monreal» darvozasiga to‘rtta to‘p kiritib, o‘zining umumiy gollar sonini 927 taga yetkazdi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida Krishtianu Ronaldu qayd etilgan. Uning hisobida 978 ta gol bor va portugalialik hujumchi hamon faol faoliyatini davom ettirmoqda.
Ma’lumki, Messi yaqinda otasi Xorxe vafoti munosabati bilan bir muddat maydondan chetlashgan edi. Marosimlar yakunlangach, argentinalik yulduz yana «Inter Mayami» ixtiyoriga qaytib, jamoasiga yordam berishni davom ettirmoqda.
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi umumiy hisobda 1171ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 927 ta gol urgan va 421 marta golli pas bergan.
Uning asosiy raqibi hisoblangan, «An-Nasr» jamoasining 41 yoshli forvardi Krishtianu Ronaldu esa shu kungacha 1333ta uchrashuvda 978ta gol va 261ta golli uzatma qayd etgan.

Izohlar (0)