
Messi tanqid qilgan hakam, Ronaldu ishtirokidagi o‘yinni boshqaradi
Saudiya Arabistoni chempionatidagi uchrashuvni taniqli ispaniyalik hakam Antonio Mateu Laos boshqarib boradi. "AS" nashri xabariga ko‘ra, Laos payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "An-Nasr" - "Al-Ittihod" uchrashuvida ishlaydi.
Bu ikki jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Ayni vaqtda "An-Nasr" 46 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Al-Ittihod" 44 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mateu Laos Qatardagi jahon chempionatida Argentina - Niderlaniya o‘yinida ishlagandan so‘ng tanqidlarga uchragan edi. Ispaniyalik refereni hatto Lionel Messi ham tanqid qilgandi.
Fikrlar