Messi: "U yerda 10 kun mashg‘ulot o‘taganman"

  • 07.01.2026 10:15
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi sobiq yulduzi Lionel Messi faoliyatining dastlabki bosqichida "River Pleyt" klubi akademiyasiga kira olmagani haqida gapirdi. 

"Men "River Pleyt"ga ko'rikdan o'tish uchun borganman. U yerda 10 kun mashg'ulot qilib uyga qaytgan edim. "River"da menga ularning jamoasida qolishimni istashayotganini, davolanish va boshqa ehtiyojlar uchun yordam berishlarini va yotoqxonada yashashim kerakligini aytishdi. Shu bilan birga, ular "Biz siz bilan hech narsa qila olmaymiz, ortga qaytib, "Nyuells Old Boys" dan ruxsat olib, bu yerga kelishingiz kerak", deb xabar berishdi. Shundan so'ng "Nyuells"dan transfer so'rab borganimda, ular menga rad javobini berishdi. Bu holat menga qattiq ta'sir qildi va hamma narsa izdan chiqqandek edi", dedi argentinalik futbolchi.

Ma'lumot uchun, 38 yoshli futbolchi ayni vaqtda "Inter Mayami" klubi sardori hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!