Messi uchun "ov" boshlandi...

  • 8 noyabr, 06:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolni yoritib kelayotgan bir necha manbalar “Inter Mayami” jamoaning asosiy yulduzi Lionel Messi bo‘yicha Evropaning mashhur klubidan taklif olganini ma’lum qildi.

Tecno

Manbalarga ko‘ra, argentinalik futbolchi yil oxirida MLS klublari qishki ta’tilga chiqqan pallada Evropaga qaytishi mumkinligi ko‘p muhokama qilinmoqda. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi jahon chempionati oldidan yuqori sport formasini ushlab turishi uchun Evropa klublariga ijaraga o‘tishi ehtimoli katta ekani aytildi.

Biroq DSPORTS nashrining yozishicha, “Inter Mayami” rahbariyati Messini so‘rab, klubga murojaat qilgan Turkiyaning “Galatasaroy”, Portugaliyaning “Benfika” va Angliyaning “Chelsi” jamoalariga rad javobini bergan.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messining amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni tugashi belgilangan edi. Klub mashg‘ur yulduzni “Inter Mayami”da qolishga ko‘ndirib, 2028 yilning oxirigacha davom etadigan yangi bitim tuzdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!