Messining 400 million evrolik “siri” ochildi
“Barselona”ning sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu nomi sir tutilayotgan klub oʻz vaqtida Lionel Messi uchun 400 million yevro taklif qilganini oshkor qildi.
Bu voqea 2017 yili Neymar PSJga 222 million yevroga transfer qilinganidan keyin yuz bergan. Neymarning Parij klubiga oʻtishi barcha davrlarning eng qimmat transferi sifatida rekord oʻrnatgan.
- Bir jamoa Neymar ketganidan keyin Messi uchun 400 million yevro toʻlash taklifini bergan edi. Qaysi klub ekanini aytmoqchi emasman, ammo bu “Manchester Siti” emas.
Keyin biz Leo va uning otasi bilan bu haqida gaplashdik, tovon pulini yanada oshirishimiz kerak edi, - dedi Bartomeu.
Tarixdan maʼlumki, 400 million yevrolik transfer amalga oshmagan. Lionel Messi 2021 yili Kataloniyani tark etib, faoliyatini “Pari sen-Jermen”da davom ettirgan. Kataloniyaliklarning keyingi prezidenti Joan Laporta Messiga berilgan yangi shartnomani qaytib olgan edi.

Fikrlar