Messining muxlislari o‘qisin!

  • 26 dekabr, 2021, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining qariyb 17 yillik futbolchilik faoliyatida bu yilchalik kutilmagan o‘zgarishlar bo‘lmagan. Argentinalik yulduzning qadrdon “Barselona”dan ketishga majbur bo‘lishi hatto o‘zining ham tushiga kirmagan bo‘lsa kerak.

Tecno

Vaziyat taqozosi bilan “Barselona” Messidan, Messi esa “Barselona”dan ayrildi. To‘g‘ri, Leo ishsiz, jamoasiz qolgani yo‘q. Bugungi kunda jahon futbolchida eng badavlat klublardan biri hisoblangan PSJdan qo‘nim topdi. Lekin argentinalik yulduz uchun dunyoning hech bir jamoasi “Barsa”chalik qadrli va qadrdon bo‘lolmaydi.

12p_messi-centr-2-2_t_650x433

Messi Kataloniyadan ketishi bilan uning “Barselona” futbolchisi sifatida qayd etgan tarixiy rekordlari ham to‘xtadi.

Sports.uz  portali e’tiboringizga Messining 2021 yilda qayd etgan tarixiy rekordlarini havola etamiz. Zero, endi bu rekordlarning aksariyati katta ehtimol bilan hech qachon yangilanmaydi.

Argetinada Messichalik ko‘p o‘ynagan futbolchi yo‘q

2021 yilning iyun oyi oxirida Lionel Messi Argentina terma jamoasida o‘tkazilgan o‘yinlar sonini 158 taga etkazib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Biror argentinalik futbolchi o‘z mamlakati bosh jamoasi uchun buncha ko‘p o‘yin o‘tkazmagan.

“Oltin to‘p” yana Messida

Lionel Messi “Oltin to‘p”ga ega chiqqanida PSJ futbolchi edi. Biroq, yilning eng zo‘r o‘yinchisiga beriladigan bu nufuzli sovrin argentinalik yulduzning “Barselona” va Argentina terma jamoasidagi mehnatlari evaziga berilgan bahodir.

 Shu tariqa, Messi “Oltin to‘p”ni ettinchi marta qo‘lga kiritgan birinchi va yagona futbolchiga aylandi. Bu sovrinni besh bor boshi uzra ko‘targan Krishtianu Ronaldu endi hech qachon Messiga etolmaydi. Buning uchun 36 yoshli to‘purarga vaqt etishmaydi.

3261961-66756488-2560-1440

Pelening xalqaro rekordi sindi

Lionel Messi 2022 yilgi jahon chempionatining saralash turnirida Boliviya terma jamoasi darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilganidan keyin Janubiy Amerika futbolchilari o‘rtasida terma jamoa uchun gol urish bo‘yicha rekordchiga aylandi.

Argentinalik yulduzning xalqaro faoliyatidagi gollari soni 80 taga etdi va u futbol qiroli Pelega tegishli rekordni yo‘qqa chiqardi.

O‘z vaqtida uch karra jahon chempioni bo‘lgan Pele Braziliya terma jamoasi uchun 77 ta gol urgan edi.

Bunaqa rekord yangilanmaydi

Lionel Messi bir ligada gol urish bo‘yicha ham Pelening rekordini urdi. Futbol qiroli Braziliya A Seriyasida “Santos” uchun 469 ta to‘p kiritgan. Bu rekord o‘rnatilganida Lionel Messi hali tug‘ilmagan edi. 1974 yili qayd etilgan ushbu ko‘rsatkichga 2021 yilda barham berildi.

Leo “Barselona” safida Ispaniya La ligasidagi gollari sonini 474 taga etkazdi. Bu yangi natijani qayd etish uchun Messiga 16 mavsum kerak bo‘ldi.

3171280-64981048-2560-1440

“Oltin to‘p”ga oid yana bir yangilanmas rekord

Lionel Messi har o‘n yillikda “Oltin to‘p”ga ega chiqqan yagona futbolchi. Ilk bor u nufuzli sovrinni 2009 yilda, atigi 22 yoshligida yutgandi.  

Keyingi o‘n yillikda u yana besh marotaba mazkur sovrinni o‘ziniki qildi. Bu yilgi sovrin bilan yana bir rekord sohibiga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!