"Metallurg" klubiga yana xorijlik murabbiy keldi

  • 17 yanvar, 2023, 21:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi. Bu o‘tgan mavsumda Superliganing “Surxon” jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan Karlos Ximenes Sanchesdir. Bugun “Metallurg” PFK hamda Ximenes o‘rtasida bir yillik hamkorlik yuzasidan shartnomaga imzo chekildi.

Tecno

Karlos Ximenes 40 yoshda. 1982 yili Ispaniyada futbol bo‘yicha jahon chempionati yakunlangandan keyin 11 kun o‘tib – 22 iyul sanasida Kastelon shahrida tavallud topgan. UEFAning Pro litsenziyasiga ega.

metallurg7

Murabbiylik faoliyatini 2005 yilda “Vilyarreal” jamoasida boshlab, mazkur klubda 2018 yilgacha mehnat qildi. 2018 yilda BAAning “Al Ayn”, 2019 yilda Ummonning “Al Oruba”, 2020-2021 yillarda esa Quvaytning “Al Salmiya” jamoalarida ishlagan.

O‘tgan mavsumda esa O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurdi hamda Termizning “Surxon” jamoasida Anxel Lopesga yordam berdi. 

"Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!