
"Milan" Bakayokoga 90 ming evro jarima soldi
"Milan" klubi himoyachisi Temua Bakayoko mashg‘ulotlarga kech qolgani uchun 90 ming evro jarimaga tortildi. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bakayoko asli "Chelsi" futbolchisi hisoblanadi. U milanliklar safida ijara asosida to‘p surmoqda. Biroq, “rossonerilar” mavsum yakunlangach uning transferini sotib olishmoqchi emas.
Qayd etish lozimki, “Milan” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo aynan Bakayokoning qilmishi sabab jamoa bazasini bir necha kunga yopib qo‘ygan edi.
Fikrlar