
"Milan" bosh murabbiyi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi
"Milan" rahbariyati bosh murabbiy Stefano Pioli bilan shartnomani uzaytirish niyatida, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, Milan klubi 57 yoshli italiyalik mutaxassisga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilgacha kelishuv taklif qilmoqda.
Pioli “Milan”ni 2019 yilning oktyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2021/22 yilgi mavsumda Italiya chempioni bo‘ldi. "Rossonerilar" ayni payt A Seriya turnir jadvalida 23 ochko bilan 3-o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar