"Milan" "Chelsi"dan Nkunkuni olib kelmoqchi
"Milan" "Chelsi" vakili Kristofer Nkunkuga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "rossonerilar" hujumni kuchaytirish yo‘llarini faol ravishda izlashmoqda va frantsiyalik futbolchining nomzodi so‘nggi soatlarda muhokama qilingan.
"Milan" "Chelsi" futbolchisi haqida ma’lumot to‘plamoqda, Nkunkuning o‘zi ham hozirgi jamoasini tark etishga tayyor ekanligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Nkunku Angliya Premer-ligasida 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan.
Fikrlar