"Milan" Di Mariya uchun PSJga 45 mln evro to‘lashga tayyor
Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Paris Unitedning ma’lum qilishicha, milanliklar rahbariyati futbolchining agenti Jorje Mendeshdan PSJdan ketishni rejalashtirayotgan argentinalik futbolchini “Milan”ga olib kelishni so‘rashgan. Shundan so‘ng Mendesh parijliklar sport direktori Anter Enrike bilan bu borada gaplashgan va Di Mariya uchun PSJga 45 million evro hamda unga qo‘shimcha bonuslar taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Argentina terma jamoasi a’zosi joriy mavsum Frantsiya chempionatida 7ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya PSJga 2015 yil “Manchester Yunayted”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2019 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar