O‘zbek futbolchisi jahon chempionati “Oltin butsa”siga da’vogar!
Qatarda 17 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi navbatdagi jahon chempionati guruh bahaslari bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari uyushmasi – FIFA tomonidan tashkil etilgan mundialda ilk bor 48 ta mamlakat terma jamoalari ishtirok etmoqda.
FIFA rasmiy saytida 12 ta guruhda o‘tkazilayotgan musobaqaning birinchi turidan so‘ng to‘purar poygasida ishtirok etayotgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, dastlabki uchrashuvda xet-trikka erishgan Chexiya terma jamoasi vakili Vit Shkrkon yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
“Oltin butsa” uchun kurashda keyingi pog‘onada ilk uchrashuvda ikkitadan gol urgan jami to‘qqiz nafar futbolchi – Fedi Tayechi va Vassim Slama (Tunis), Anisio Kabral (Portugaliya), Dell (Braziliya), Abel Nirongo (Zambiya), Ri Kan Rim va Kim Yu Jin (KXDR), Azizbek Abdumo‘minov (O‘zbekiston) hamda Petr Potmesil (Chexiya) qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi dastlabki turda Paragvay futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lub etib, mundialni g‘alaba bilan boshladi. U bahsda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan Azizbek Abdumo‘minov o‘yin qahramoni bo‘ldi.
Ta’kilash joziki, FIFA tasnifida turli yosh toifasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatlari futbol jamoatchiligi uchun yon nomlar va iste’dodlarni kashf etib beradigan sport anjumani sifatida qadrlanadi.
Quyida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan o‘yinchilar nomi kelitirlgan. Ular orasida keyinchalik yorqin futbol yulduziga aylanib, jahondagi fanatlar mehrini qozongan o‘yinchilar ham bor.
Ular bilan tanishing:
1985: Marsel Vitechek – Germaniya
1987: Mussa Traore – Kot-d'Ivuar
1989: Fode Kamara – Gvineya
1991: Adriano – Braziliya
1993: Uilson Oruma – Nigeriya
1995: Daniel Ollsopp – Avstraliya
1997: David Rodriges-Frayle – Ispaniya
1999: Ishmael Addo – Gana
2001: Floran Sinama Pongol – Frantsiya
2003: Sesk Fabregas – Ispaniya
2005: Karlos Vela – Meksika
2007: Makoli Krisantus – Nigeriya
2009: Borxa Baston – Ispaniya
2011: Suleyman Kulibali – Kot-d'Ivuar
2013: Valmir Berisha – Shvetsiya
2015: Viktor Osimxen – Nigeriya
2017: Rian Bryuster – Angliya
2019: Sonte Xansen – Niderlandy
2023: Agustin Ruberto – Argentina
Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi guruhdagi navbatdagi uchrashuvini yakshanba kuni 8 noyabr kuni “J” kvartetida peshqadamlik qilayotgan Irlandiya Respublikasi vakillariga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar
Jon-jahdi bilan kurashsin