"Milanga 22 ta kuchli futbolchi kerak"

  • 17.10.2026 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa futbolchilarida qanday tafakkur bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

«Har bir futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushishiga ishonishi lozim. Biroq shu bilan birga, har kim jamoadagi o‘rnini yo‘qotishi ham mumkinligini unutmasligi kerak. Shu sababdan butun mavsum davomida raqobatbardosh 22 nafar futbolchiga ega bo‘lishimiz muhim», — deya Amorimning so‘zlarini keltiradi Milan Wire.

Italiya A Seriyasida olti turdan so‘ng «Milan» jadvalda 12 ochko bilan oltinchi pog‘onada bormoqda. Keyingi turda Amorim shogirdlari o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qiladi. Uchrashuv 18 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!