
"Milan" Jeksonga qiziqish bildirmoqda!
Italiyaning “Milan” klubi yozgi transferlar oynasida jamoaga yangi markaziy hujumchi olib kelmoqchi. Jamoaning "short list"idan "Chelsi" futbolchisi Nikolas Jekson ham joy olgan. Ular seneganlik hujumchini jamoaga olib kelishga ishonishmoqda. Chunki Nikolas o‘z klubida asosiy tarkibdan chetda qolmoqda.
London jamoasining yangi transferlari Liam Delap va Joao Pedro Jeksonni o‘zaro raboqatda yutib chiqishdi. Ikki yil oldin “aristokratlar” futbolchini “Vilyarreal”dan 32 miilion funt sterlinga sotib olgandi. U "Stamford Brij"da ikki yil davomida 30 gol urishga erishdi. Bu yil hujumchini gollar soni kamayib, yil boshidan beri atiga to‘rtta gol urdi va so‘nggi besh o‘yining ikkitasida qizil kartochka oldi.
"Chelsi" forvardni sotishga shoshilmayapti. Uning narxi 100 million funt sterlingga baholanmoqda.
Fikrlar