"Milan" peshqadamlikni mustahkamlab oldi (video)
Italiya A Seriyasining 10-turida “Milan” safarda “Sampdoriya” mehmoni bo‘ldi.
Chempionatda peshqadamlik qilayotgan “rossonerilar” ushbu o‘yinda ham g‘alaba qozondi va o‘z ochkolari sonini 26 ta ga etkazib, eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan “Inter”dan 5 ochko ilgarilab ketdi. 1:2 hisobida “Milan”ning g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda gollarni Frank Kesse (45') va Samu Kastilexo (77') kiritdi. Mezbonlar safida Albin Ekdal (82') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar