
"Milan" yangi davr ostonasida!
Yaqin orada Italiyaning "Milan" jamoasida rahbariyat o‘zgarishi mumkin, deb xabar beradi MilanNews.it
Manbaga ko‘ra, Amerikaning "RedBird Capital Partners" investitsiya fondi Milan klubi uchun kurashda Bahraynning "Investcorp" kompaniyasini ortda qoldirdi. Bahrayn jamg‘armasining hozirgi egalari — Amerikaning "Elliott Management" fondiga 1,18 milliard evro taklif qilgan. "RedBird Capital Partnerss" esa 1,3 milliard evro to‘lashga tayyor. Shu bilan birga, ular yangi stadion uchun yana 500 million evro sarflashga tayyor.
"RedBird Capital Partnerss" "Liverpul" va "Boston Red Soks" beysbol klubiga egalik qiluvchi "Fenway Sports Group" kompaniyasiga ham investorlik qiladi. Shuningdek, amerikaliklar Frantsiyaning "Tuluza" jamoasining aksiyalarining nazorat paketi ham ushbu kompaniyaga tegishli.
Fikrlar