Militao "JCH-2026"ni o‘tkazib yuboradi

  • 25.04.2026 17:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" himoyachisi Eder Militao jarohati sabab 2026 yildgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.

"COPE" ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi chap son qismidagi jarohat tufayli operatsiya qilinadi. Bu 2025 yil dekabrida olgan jarohatining qayta qo‘zg‘alishi bo‘lgani aytilmoqda. O‘shanda u qariyb to‘rt oy maydondan chetda qolgan edi.

Avvalroq Militao "Alaves"ga qarshi La Liga o‘yinida (2:1) jarohat olib, mavsum so‘ngigacha safdan chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, bu himoyachining joriy mavsumdagi uchinchi jarohati bo‘ldi. U La Ligada 16 uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!