Millatlar ligasi chorak finalidagi 8 jamoadan 7 tasi aniqlandi
Oxirgi yo‘llanmani kim oladi?
Germaniya terma jamoasi Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasi uchrashuvida Niderlandiyani yirik – 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu bilan birga, har ikki jamoa ham guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, chorak finalga yo‘l oldi: nemislar birinchi, niderlandiyaliklar esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu natijalardan so‘ng Millatlar ligasining sakkizta chorak finalchisidan ettitasi aniq bo‘ldi. Keyingi bosqichga Fransiya (1-o‘rin), Belgiya (2-o‘rin), Germaniya (1-o‘rin), Niderlandiya (2-o‘rin), Angliya (1-o‘rin), Ispaniya (2-o‘rin) va Portugaliya (aniq o‘rni hali belgilanganmagan) yo‘l oldi.
So‘nggi yo‘llanma uchun kurash Daniya va Norvegiya o‘rtasida kechadi. Bu jamoalar o‘zaro bellashuvni seshanba kuni o‘tkazadi.
Millatlar ligasi chorak final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Qoidalarga ko‘ra, guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar ikkinchi o‘rin sohiblariga qarshi o‘ynaydi. Bir guruhdan chiqqan terma jamoalar chorak finalda bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Chorak finalning ilk uchrashuvlari 25–27 mart kunlari o‘tkaziladi. Javob bahslari esa 28–30 mart kunlariga belgilangan.
Izohlar (0)