Milner Jota xotirasiga hurmat sifatida raqamini o‘zgartirmoqda

  • 2 avgust, 01:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

39 yoshli yarim himoyachi Jeyms Milner yangi mavsum oldidan raqamini almashtirdi. Yaqinda "Brayton" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirgan sobiq "Liverpul" futbolchisi 6-raqam o‘rniga 20-raqamni tanladi.

Tecno

Milnerning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Diogu Jota xotirasiga bo‘lgan hurmat ifodasi sifatida qabul qilingan:

"Karlos Baleba o‘z raqamini o‘zgartirishni rejalashtirayotganini eshitganimda, 20-raqam bo‘shashishi aniq bo‘ldi. Men esa bu raqamni qabul qilishni xohladim — Diogu Jota xotirasi uchun. U men o‘ynagan eng yaxshi futbolchilardan biri edi va ajoyib do‘st ham bo‘lgan.

Bu raqamni Angliya Premer-ligasida kiyish men uchun katta sharaf bo‘ladi" — deya ta’rif berib o‘tdi mersesaydliklarning sobiq futbolchisi.

Shu tariqa, Milner yangi mavsum APLda 20-raqam ostida to‘p surishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!