Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Misr jahon chempionatida Saloҳdan ayrildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat chatoq

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloҳ jahon chempionati guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan Eron terma jamoasiga qarshi o‘yin davomida jarohat oldi.

Taniqli forvard ikkinchi bo‘lim boshlanishidayoq almashtirildi. Maydonni tark etganidan so‘ng, Misr terma jamoasi tibbiy shtabi futbolchining jarohat olgan oyog‘ini bog‘lab qo‘ydi.

Shu bilan birga, afrikaliklar jamoasi jahon chempionati pley-off bosqichiga yo‘llanmani oldindan ta’minlab bo‘lgani qayd etilmoqda.

Mundial 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikada joylashgan uch davlat – AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi, u JCh-2022 finalida Frantsiya terma jamoasini mag‘lub etgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q