MMA da debyut qilgan eng yosh hamyurtimiz

TIGGO 2 PRO

- Azamat Bahodurzoda nomi MMA olamida yangrayotganiga necha yil bo‘ldi?

- Assalomu alaykum. Ilk bora  18 yoshimda oktagonga chiqqanman. Demak, 2013 yildan boshlab  aralash jang san’atida faoliyat yuritib kelmoqdaman.

- Siz gox dzyudoda, ba’zan erkin va yunon-rum kurashidagi musobaqalarda ishtirok etardingiz. Aslida, qaysi sport turi sizning asosiy poydevoringiz hisoblanadi?

- Yoshligimdan Toshkent shahridagi “Dinamo” zaliga qatnay boshlaganman. O‘sha erda o‘sib-ulg‘ayganman desam ham bo‘laveradi. Har doim maktabdan keyin ushbu majmuaga chopar edim. Bu men uchun muxim edi. Alohida bir sport turining tarbiyalanuvchisiman deb ayta olmayman. Barcha jangovar turlarni o‘rganishga harakat qilardim. Chunki, ushbu sport turlari bir oilaga mansub sanaladi. Mana, hozir istalgan musobaqada ishtirok etib kelmoqdaman. Barchasini birdek olib borsa, mexnatdan qochmasa natijani ham albatta qo‘lga kiritadi.

Azamat1

- Hozirda, “Axmat” promousheni bilan hamkorlik qilasiz. Yanglishmadimmi?

- Albatta, “Axmat”ning Osiyo ligasida. Ushbu promoushen jahondagi eng yaxshisi deb bemalol ayta olaman.

- Faoliyatingizdagi eng murakkab musobaqa Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan “Titanlar jangi” bo‘lganmidi?

- Agar bu savoldan kelib chiqsak, meni professional faoliyatimdan yaxshi xabardor ekansiz deb ayta olmayman. Sababi, 2015 yil AQShda dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etganman. BAA ning Abu-Dabi shahrida ham dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashdim. Biz yil bo‘yi, har oy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bilan band edik. Mashg‘ulotlar juda jiddiy bo‘lardi. Demoqchimanki, faoliyatimda murakkab turnirlar, qiyinchiliklar juda ko‘p bo‘lgan. Siz aytib o‘tgan turnir vaqtida uyda dam olayotgan edim. Qo‘ng‘iroq qilishdi. Shunday turnir bor. Faqat oktagonda jang qilasan deyishdi. Men rozi bo‘ldim. O‘sha vaqt 18 yosh edim. Turnirning eng yosh ishtirokchisi bo‘lganman.  

- O‘sha musobaqada yana bir hamyurtimiz Aleksandr Stolyarovdan ustun kelgansiz. Aytingchi, nimani evaziga Sashani mag‘lubiyatga uchratgan edingiz?

-  Yaratganni o‘zi qo‘llagan.

azamat3

- Umuman olganda og‘ir vazn toifasida ajoyib hamyurtlarimiz bor. Misol uchun, Murod Xonto‘raev, Amin Ergashev, Muzaffar Rajapovlarni aytib o‘tish mumkin. Ularning qay birlari bilan havaskorlar o‘rtasida bo‘lsa ham to‘qnash kelgansiz?

- Ular bilan xech qachon jang qilmaganman. Ularni qattiq xurmat qilaman. Akamdek bo‘lib qolishgan. Juda kuchli, mahoratli sportchilar. Har uchchalasi aralash jang san’atidagi kelajak avlod sportchilarimiz uchun namuna hisoblanadi.

- Shvelidze, Lom Ali Mediev, Anatoliy Malixynlardan uchralgan mag‘lubiyatlarning asosiy sababi nimada bo‘lgan. Nazarimda jismoniy tayyorgarlik meyorida bo‘lmagandek tuyulgandi. Albatta, bu shaxsiy fikrim?

- Shvelidze bilan “Titanlar jangi”finalida to‘qnash kelganman. Xabaringiz bor, ushbu turnir “Gran Prix” ko‘rinishida bo‘lib, har kuni jang o‘tkazishga to‘g‘ri kelgandi. Shvelidze 32 yosh men esa 18 yoshda edim. Biroz tajriba ham etishmagan. Qolaversa, yarim finalda Aleksandr Stolyarov bilan to‘qnashuvda uning bosh qismiga zarba yo‘llaganman. Aynan o‘sha zarba noqulay ketib, qo‘limdan jiddiy jarohat olgandim. Lom Ali bilan bo‘lgan baxsda ochig‘i uning kuchiga etarli baxo bera olmadim. Bu mening xatoim edi. Mazkur xato  hozirgi  kunga qadar qiynab keladi. Malixyn bilan ham finalda uchrashgan edik. Finalga qadar, uch nafar  ukrainalik, qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik raqiblarimni mag‘lub etgandim. Bu jangda o‘zimni mag‘lubiyatga uchradim deb o‘ylamayman. Bu shunchaki hakamlarning xatosi bo‘lgan.

- Kuchli tomoningiz “Parter” hisoblanadi. Balki, oyoq-qo‘l bilan ishlashni ham mukammal xolatga keltirish kerakdir?

- To‘g‘ri aytdingiz. Bu borada mashg‘ulotlarda qattiq mexnat qilmoqdaman.

- Aytingchi, “UFC” dagi Daniel Korme, Stipe Miochich, Fransisko Ngannu, Keyn Velaskes yoki “Bellator”dagi  Rayan Beyder, Mett Mitrion, Fyodor Emelyanenko, Roy Nelson ularning qay birlari bilan jangda imkoniyatim bor deb o‘ylaysiz?

- Ularning kuchiga, mahoratiga shubxa yo‘q. Lekin faqatgina janglarini tomosha qilib, biror fikr bildirish qiyin deb o‘ylayman. Qachonki, ular bilan kuch sinashib ko‘rganimdan keyin biror bir xulosani aytishim mumkin bo‘lsa kerak.

-  Agar, real fikrlaydigan bo‘lsak, yuqorida sanab o‘tganlarimiz bilan jang o‘tkazishning hozirgi kunda deyarli imkoniyati yo‘q. Lekin Aleksandr Emelyanenko, Aleksey Oleynik, Ivan Shtirkovlar bilan oktagonda uchrashish imkoniyati bor deb o‘ylayman. Balki sizning karerangizga mana shunday “Katta janglar” kerakdir?

- Murabbiyim Nodirshox Qodirov “Har ishning o‘z vaqti bor”- deydi. Unga to‘la ishonaman va albatta shunday janglarda ishtirok etaman.

azamat2

- MMA bu o‘ziga xos biznes. Ma’lumki, chempionlar bilan jang o‘tkazish uchun reyting ochkolari kerak bo‘ladi. Baquvvat promoushenlarga extiyoj seziladi. Lekin hozirgi kunda “Piar, reklama degan narsalar ham bor. Misol uchun, yaponiyalik kikbokschi Tenshina  Natsukava Floyd Meyvezerni janga chorladi va bu amalga oshdi. Balki, “Katta janglar”da ishtirok etish uchun shunday yo‘l tutish lozimdir?

- Ochig‘i, bunday narsalarni xushlamayman. Axir, biz o‘zbekmiz. Bizga bunday ishlar yarashmaydi. Bizning xaqiqiy g‘alabalarimiz, qilayotgan amallarimiz, ishlarimizning o‘zi bu bitta “Piar” hisoblanadi. Qolaversa, MMA da Osiyo chempionati g‘olibi bo‘ldim. Bu borada yanglishmasam birinchi o‘zbek chempioni bo‘ldim. Jahon chempionati finalchisiga aylandim. Demak menga bunday ishlarni keragi yo‘q nazarimda.

Ahmadbek EShMATOV suxbatlashdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!