Asosiy mazmunga oʻtish

"Monako"da murabbiy iste’fosi kutilmoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

"Monako" rahbariyati bosh murabbiy Adi Xyutterning faoliyatidan qoniqmayapti.

"Monako" jamoasining bosh murabbiyi Adi Xyutter ishdan bo‘shatilishi mumkin. Bu haqda mashhur jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, mutaxassis oktyabr oyidagi FIFA kunlari davomida ishdan bo‘shatilishi taxmin qilinmoqda. Hozirda klub rahbariyati yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha variantlarni o‘rganishni boshlagan.

Ma’lumot uchun, Xyutter shogirdlari Liga 1ning 7-turidan so‘ng 13 ochko to‘plab, turnir jadvalida 5-o‘rinda joylashgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q