Mountainbaykchilarimiz Osiyo chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

  • 25.06.2026 23:20
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Velosport
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shu kunlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning mountainbike yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 27 iyunga qadar davom etadigan mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi va qator dasturlardagi final bahslari tashkil etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosport federatsiyasi rahbari Tanzila Narbayeva, Osiyo velosport konfederatsiyasi Prezidenti Amarjit Singh, Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga samimiy tilaklarini yo‘llashdi. 

O‘tkazilgan bahslar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Ayollar o‘rtasida tashkil etilgan downhill dasturida shohsupaning barcha pog‘onasi yurtdoshlarimizga nasib etdi.

Oltin: Mariya Zakirova
Kumush: Aliza Rejepova 
Bronza: Sevinchoy Zaripboeva 

Qayd etish joiz, bu yilgi qit’a birinchilida 18 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda. Bu haqida MOQ xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!