Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mourin'yo La Liga darajasini baholadi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Jozе Mourinьu La Liga saviyasi tushmaganini, Ispaniya chempionati hali ham juda murakkabligini ta'kidladi.

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya chempionati saviyasi 2010–2013 yil va hozirgi holatni taqqosladi. Eslatib o‘tamiz, o‘sha yillarda ham portugaliyalik mutaxassis «Real»ni boshqargan edi.

«La Liganing darajasi tushib ketgan, g‘alabalarni qo‘lga kiritish oson bo‘lib qolgan, deyish to‘g‘rimi? Yo‘q, mutlaqo unday emas. Ispaniyada juda ko‘p kuchli klublar bor. «Barselona», «Atletiko», «Vilyarreal», «Betis» shular jumlasidan.

Ertaga sizlar «Betis» qay darajada kuchli ekanini ko‘rasiz. La Liga – juda murakkab chempionat. Germaniya va Fransiyada jamoalar mavsum boshlanishidan oldinyoq ligada kim g‘olib bo‘lishini taxmin qila oladi. Ispaniyada esa bunday emas», – deya ta’kidladi portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Qayd etish kerak, ertaga, 4 sentabr kuni «Real» «Betis»ga qarshi maydonga tushadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q