Mourinьoning yangi rejasiga Mbappe kiritilmadi
Vaziyat o'zgardi
«Real» uchun hushxabar: Frantsiya terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan hujumchi Kilian Mbappe jiddiy shikastlanmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u madriddiklarning navbatdagi raqibi «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytishga ulg’urishi kerak.
Shu bilan birga, AS nashri yozishicha, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo hozirdanoq boshqa stsenariyni ham ko‘rib chiqmoqda.
Unga ko‘ra, Mbappega dam berish va uni «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda maydonga tushirmaslik varianti ham jiddiy tarzda muhokama qilinmoqda.
Mourinyuning frantsiyalik yulduz o‘rnini bosish uchun bir necha taktik yechimi bor. Hujum chizig‘ida Mbappe o‘rniga Karlos Espi to‘p surishi mumkin. Yana bir variant – Jud Bellingemni ham hujumchi pozitsiyasida sinab ko‘rish.
Bundan tashqari, bosh murabbiy butunlay boshqa taktik sxemaga o‘tish imkoniyatini ham istisno qilmayapti.
«Real» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi uchrashuv shanba kuni, 10 oktyabr sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izohlar (0)