Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mourin'yo qattiq tanqid ostida qoldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ekspertlarga nima yoqmayapti?

Ispaniyalik jurnalist Pako Gonsales «Atletiko»ga qarshi derbidagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng Joze Mourin’yo faoliyatini qattiq tanqid qildi.

Uning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis hozirgi zamonaviy «Real Madrid» talabiga to‘liq javob bermaydi. Jurnalist, shuningdek, Mourin’yoning hakamlar haqidagi shikoyatlarini ham ma’qullamadi.

«Madrid derbisidagi hakamlik haqida Mourin’yo aytgan gaplar? «Real Madrid»ga murabbiy kerak edi, klub esa RMTV uchun stsenarist olib keldi. Jamoaga zamonaviy murabbiy zarur edi, ammo klub 15 yil oldingi mutaxassisni qaytardi», – deya keltiradi Gonsales so‘zlarini Cope.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourin’yo yozda «Real»ga qaytgan edi. Madrid klubi murabbiyning «Benfika» bilan shartnomasini sotib oldi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q