Mourin'yo "Real"da bir muammoni hal qila olmadi
Echilmagan masala halaqit qilyapti
«Real» bosh murabbiyi lavozimiga kelganidan so‘ng Joze Mourinyo jamoa ichidagi eng og‘riqli masalalardan birini hal qila olmayotgani aytilmoqda.
The Touchline nashri RMC Sport manbasiga tayanib xabar berishicha, madridliklar lageridagi muhit hali ham juda tarang, jamoa ichidagi atmosfera «muzdek» deb tasvirlanmoqda.
Aytilishicha, bir necha futbolchi o‘zaro til topisha olmayapti. Mourinyo esa bu borada Xabi Alonso va Alvaro Arbeloa davridan qolgan muammoni to‘liq bartaraf etishga hali erishmagan.
Klub ichidagi keskinlikka Kilian Mbappening so‘nggi paytlarda maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari ham qo‘shimcha bosim qo‘shgani qayd etilmoqda. Shu sababdan Joze Mourinyo fransiyalik yulduz bilan shaxsan suhbat o‘tkazib, undan o‘zini yanada xotirjam va ehtiyotkor tutishni so‘ragan.
«Real»ning navbatdagi uchrashuvi La Liga doirasida 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Madrid klubi bu turda «Vilyarreal»ga qarshi maydonga tushadi.
Mourinyu Mbappeni shaxsiy suhbatda ogohlantirdi
Izohlar (0)