Mourin'yo "Real"dan yana ikkita transfer so'rayapti
Madrid superklubini qabul qilib olgan bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub rahbariyatiga yangi taklif bilan chiqdi. Bu haqida Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, yozgi transfer oynasida bir nechta muhim kelishuvlar amalga oshirilganiga qaramasdan, portugaliyalik mutaxassis tarkibni to‘liq shakllandi, deb hisoblamaydi.
Mourinyo klubdan transfer oynasi yopilguncha yana ikki futbolchi — markaziy himoyachi va markaziy yarim himoyachini jamoaga qo‘shib olishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, shu kungacha «Real» yozgi oynda uchta transferni rasmiylashtirdi. Jamoaga himoyachi Mark Kukurelya «Chelsi»dan, Ibrohim Konate «Liverpul»dan, shuningdek, yarim himoyachi Bernardu Silva «Manchester Siti»dan kelib qo‘shildi.

Fikrlar